Янгиликлар
20
#Faoliyat
Oltinsoy tumani adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tuman hokimligi majlislar zalida tumandagi davlat tashkilotlari, umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim va tibbiyot birlashmasi mas'ul xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.
Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2022-yil 18-martdagi PQ-173-sonli qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati batafsil tushuntirildi. Ishtirokchilar tomonidan E-huquqshunos dasturi va boshqa masalalar yuzasidan berilgan savollarga mas‘ullar tomonidan javoblar berildi.