Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

#SAYYOR_QABUL


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Termiz tumanida bo‘lib o‘tdi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish markazida tashkil etilgan sayyor qabul davomida tumandagi “Amir Temur”, “Sharof Rashidov” va “Qoraxon” mahallalarida istiqomad qiluvchi 50 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi.

 

Qabulda asosan, aholini qiynab kelayotgan masalalardan kadastr sohasiga oid, maishiy gaz balonlari yetishmasligi, tumandagi jamoat transportlaridagi yo‘l kira narxlarining asossiz tarzda oshib ketganligi, elektr-energiya bilan bog‘liq muammolar yuzasidan jami 20 dan ortiq murojaatlar qabul qilinib, tegishliligicha ijroga yo‘naltirildi.


   Shuningdek, fuqarolardan bir nafarining ish so‘rab qilgan murojaaati shu yerning o‘zida qanoatlantirilib, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish markazida ish bilan ta’minlanadigan bo'ldi.