Янгиликлар
Sariosiyo tuman davlat xizmatlari markazi eʼtirof etildi.
Adliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan "Olmos" konvension markazida "Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganligining 5 yilligi" bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda namunali faoliyat yuritib, xalqimizga samarali va sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatib kelayotgan markazlar aniqlanib, turli nominatsiyalar bo‘yicha e‘tirof etildi.Jumladan, Sariosiyo tuman Davlat xizmatlari markazi respublikada "ENG MATONATLI DXM" nominatsiyasiga loyiq deb topildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Sariosiyo tuman DXM xodimlarini ushbu e'tirof bilan qutlab, yangi marralar tilaydi.