Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

#FAXRIYLAR_O'GITI


Azaldan yoshi ulug'larni e'zozlash, ularga ehtirom ko'rsatish, qolaversa, ularning pand-nasihatlarini olish xalqimiz qon-qoniga singgib ketgan. Zero, hayot va mehnatda katta tajriba sohiblarining yo'l-yo'riqlari yosh avlod uchun yo'lchi yulduz vazifasini o'taydi.


 Kuni kecha, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasiga sohada uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan bir guruh faxriylar taklif etilib, adliya tarixi, bugungacha bosib o'tilgan shonli yo'l haqida ularning suhbatlari tinglandi. Avvalgi qiyin ish jarayonlari va hozirgi sharoitlarning farqi yoshlar uchun ibrat sifatida keltirib o'tildi. Tobora rivoj topib borayotgan tizimda sidqidildan xizmat qilish lozimligi, bu kasb insonni ulug'lashi faxriylarning shukronalik so'zlaridan ham ayon deyish mumkin.