Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

MURG‘AK QALBLARGA MEHR ULASHILDI


Xayr-u sahovat, mehr-u oqibat xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir. Bayram arafasida ham dard bilan kurashib, darmon istagan jajji yurak egalari ham bor oramizda.

 

Ana shunday murg‘ak qalb egalariga mehr ulashish maqsadida, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga tashrif buyurib, qorbobo va qorqiz ishtirokida Yangi yil sovg‘alarini bolajonlarga ulashishdi.


 

Mo‘jizakor ertaklardagi Qorbobo va qorqizning bolajonlar ko‘z o'ngida paydo bo‘lishi ular uchun chinakam hadya bo‘ldi. Ayniqsa, beg'ubor bolalar tilidan yangragan she'rlar xuddiki, ularga bemorlik begonadek ekanlik hissiyotini berdi desak, xato bo'lmaydi.


 Muxtasar aytganda, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi ushbu tashabbus bilan yana bir xayrli ishga bosh bo'ldi.