Янгиликлар
Rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati haqida bilasizmi?
Hukumat qaroriga (https://lex.uz/ru/docs/-5757463) (732-son, 03.12.2021-y.) asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga doir taʼlim va fan sohasiga tegishli rasmiy hujjatlarga
Tegishli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
Sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
Prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
Shu bilan birga boshqa rasmiy hujjatlarga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
Murojaatlar qabul qilinadi:
— Davlat xizmatlari markazlari;
— YIDXP – my.gov.uz orqali;
So‘rovnomani ko‘rib chiqish uchun murojaat etuvchidan BHMning 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
YAIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Soʻrovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida (zarur hollarda, 10 ish kuni ichida) koʻrib chiqiladi.
Rasmiy hujjatga elektron apostil qoʻyish bilan bogʻliq barcha jarayonlar “E-App” va “E-register” dasturlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.