Янгиликлар
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi barcha hamyurtlarimizni kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan qutlaydi!
Bayramni umumiy madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lgan yuksak huquqiy madaniyat bilan o‘tkazish, turli baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagilarni tavsiya etamiz:
Atrofdagilarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida yangi yil kechasi (ungacha va undan keyin ham) pirotexnika mahsulotlaridan foydalanmang;
Alkogol ichimliklarini iste’mol qilish sog‘liqqa zarar ekanligini, uning ta’sirida avtomobil haydash qat’iyan ta’qiqlanganini unutmang;
Yangi yil archasini bezash maqsadida daraxtlarni nobud qilmang, tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qoidalarni buzmang;
Yangi yil dasturxoni uchun haddan ortiq ko‘p yeguliklar tayyorlab, keyin uni uvol qilgandan ko‘ra, bayram arafasida muhtoj oilalarga xayr qiling;
Shahar markazlarida odamlar to‘plangan joylarga chiqilganda, farzandlaringizga e’tiborli bo‘ling!
Yangi yil yaxshi yangiliklarga boy yil bo‘lsin!