Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

#SEMINAR_TRENING


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PQ-447-son qaroriga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan boshlab, sinov tariqasida , Adliya vazirligi tizimida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish belgilandi.


 Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, tizim idoralari buyruqlarini “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish masalalariga taalluqli amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Adliya vazirligi hamda hududiy boshqarmalar ishtirokidagi videokonferensaloqa shaklidagi seminarda tizimning afzalliklari, ishlash mexanizmi taqdimot orqali batafsil tushuntirildi.


 Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 1-yanvaridan ushbu tizim sinov tariqasida dastlab Adliya vazirligi tizimida ish jarayonida, 2023-yilning 1-sentabridan esa barcha tashkilotlarda amaliyotga tatbiq etilishi ko‘zda tutilmoqda.