Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Hamshiralarga ustama haqlari undirildi


Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-sonli «Olmaxon» maktabgacha ta’lim tashkilotining hamshirasi Qoraeva Nargizaga ko‘p yillardan buyon ustamalar to‘lanmagan.

Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 276-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmasevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risida»gi nizomi 25-bandida vrachlarga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga, shuningdek, sog‘liqni saqlash barcha muassasalari farmasevtika xodimlariga uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 5 foizi miqdorida, uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 10 foizi miqdorida va uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 15 foizi miqdorida, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 20 foizi miqdorida ustamalar to‘lanishi belgilangan.

Tumandagi 11 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi hamshiralarning ko‘p yillik ishlaganliklari uchun ustamalar to‘lab berilmayotganligi aniqlanib, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga kiritilgan taqdimnoma natijasida ko‘p yildan buyon ishlab kelayotgan 11 nafar hamshiralarga 35 mln 575 ming so‘mlik to‘lanmay qolgan ustama pullari to‘landi.

S. Allanazarov,
Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi boshlig‘i