Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Pirotexnika vositalaridan ehtiyot bo'ling!


Yangi yil bayrami tobora yaqinlashgani sari uning shukuhi ortib boradi. Biroq, mana shu bayramona kayfiyatga rahna soladigan holat ham borki, dilni xira qiladi.

Bayram bahona cho‘ntagini qappaytirishni ko‘zlaganlar pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish payiga tushadi.

Pirotexnika vositalari savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanish mamlakatimizning amaldagi qonunlari bilan ta’qiqlanadi.

Ming afsuski, ayrim fuqarolar buni bila turib, ana shu ish ortidan foyda ko‘rishga urinmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi tomonidan 2022 yil mobaynida protexnika vositalari noqonuniy savdosi bilan bog‘liq 88 nafarga nisbatan 77 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilgan.

Xususan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining sudyasi Sh.Yuldashev raisligida 2022 yil 15 dekabr kuni sud majlisida ana shunday faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan A.Dga nisbatan, shuningdek shu sudning sudyasi A.Boybilov raisligida 2022 yil 23 dekabrda pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda muomala qilayotgan E.Tga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1851-moddasiga asosan, to‘plangan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish atroflicha ko‘rib chiqildi.

Termiz shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan “Pirotexnika vositalariga qarshi kurashish” tadbiri davomida fuqaro A.D. 2022 yil 9 dekabr kuni Termiz shahar “Ma’rifat” mahallasi I.Karimov ko‘chasida joylashgan nonvoyxona yonida uch quti “Britanik” nomli pirotexnika vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, mavjud pirotexnika vositalari ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yilgan va ushbu holat bo‘yicha tegishli bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, fuqaro E.T. 2022 yil 4 dekabr kuni Termiz shahar hududida 770 dona “Treniya” yorlig‘i bilan protexnika vositalarini noqonuniy muomala qilayotganligi aniqlanib, bu haqda ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Sud majlisida yurtdoshlarimiz, ayniqsa, bolalar salomatligiga xavf soladigan pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda saqlab kelgan fuqarolar A.D. hamda E.T. larga sudning qarori bilan belgilangan tartibda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarida ya’ni, 1.500.000 so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.

Sudning qarori bilan ish bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida olingan protexnika vositalari tegishli tartibda yo‘q qilish belgilangan.

 

A.BOYBILOV,

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Termiz shahar sudining sudyasi