Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Ekologik muammolarni hal etish, atrof-muhitni himoya qilish tizimining yangi bosqichi – yangi Konstitutsiyada ekologiya masalasi


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi loyihasida ekologik va aholining ekologik xavfsizligiga doir talablar belgilangan bo‘lib, ushbu

siyosiy-huquqiy hujjat mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha eng muhim va asosiy qoidalarni belgilab beradi.

Mazkur Konstitutsiyamiz normalarida davlat organlari va jamoat birlashmalarining ekologik faoliyatini shakllantirish bo’yicha asosiy prinsiplari mustahkamlangan va fuqarolarning ekologik burchlari belgilangan.

Shu jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilib,

54-moddasiga o’zgartirishlar kiritilmoqda.

Unda, mulkdor mol-mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi kabi norma belgilanmoqda. Ushbu normaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda mulk huquqi, xususan tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi mazmunini belgilovchi mulkdor vakolatlari tartibga solingan hamda bunday xo‘jalik va ishlab chiqarish faoliyati atrof tabiiy muhitga zarar yetkazmasligi kabi talab mustahkamlanmoqda.

Shuningdek, 55-moddasiga qo’shimchlalar kiritilib, o’zgartirish loyihasi muhokamaga qo’yilmoqda.

Unda, “Yer, yer osti boyliklari, suv, atmosfera havosi, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanilishi lozim va ular davlat mulkida bo‘ladi. Yer qonunda nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda xususiy mulk ham bo‘lishi mumkin. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon fondi davlatga tegishli bo‘lib, tadbirkorlik sub’ektlariga ijara shartnomalari asosida ajratiladi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishi lozim va ular davlat tomonidan muhofaza qilinadi”, normalar bilan mustahkamlanmoqda.

Ushbu konstitutsiyaviy normaning ahamiyati shundaki, u mustaqilligimizning moddiy asosini tashkil etuvchi tabiiy boyliklarning xalqimiz mulki ekani, tabiiy resurslardan faqat oqilona foydalanish zarurligi, respublikamiz tabiati davlat muhofazasiga olinganini, yaʼni ekologik-huquqiy munosabatlar davlat tomonidan kafolatlanishi kabi muhim tamoyillarni mustahkamlaydi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlanayotgan asosiy ekologik-huquqiy normalar eng ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasiga mos bo‘lib, mamlakatimizda barqaror rivojlanishni ta’minlashga, atrof-muhit musaffoligini saqlashga, tabiatni hamda aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan. Asosiy Qonunimizda belgilab berilgan normalarning hayotga keng koʻlamda joriy etilishi atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yurtimizda ekologik holatni sogʻlomlashtirish nafaqat davlat va jamiyat, shu bilan birga, har bir fuqaroning vazifasi boʻlishiga erishishida muhim ahamiyat kasb etadi.