Янгиликлар
YURIDIK XIZMAT KO'RSATISH MARKAZI TOMONIDAN SEMINAR TASHKIL ETILDI
Termiz shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari, Viloyat bandlikka ko'maklashish markazi xodimi hamda "Madad" NNT vakili ishtirokida Termiz shahridagi barcha yuridik xizmat ko'rsatiladigan tashkilotlar uchun seminar tashkil etildi.
Unda asosan, ishtirokchilarga oʻtgan davr mobaynida "E-huquqshunos" tizimi orqali hujjat loyihalarini joʻnatishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar toʻgʻrisida tegishli tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilarga endilikda, 2023 yil 1-yanvardan boshlab vazirlik va uning tizimiga kiruvchi idoralar tomonidan qabul qilinadigan umumiy masalalarga oid buyruq va qarorlar (ayrim istisnolarni inobatga olgan holda) “E-qaror” elektron tizimi orqali e’lon qilinayotganligi va tizim imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berildi.