Янгиликлар
“E-qaror” elektron tizimida qabul qilingan hujjatlarni e’lon qilish tartibi qanday?
1. Hukumat qaroriga asosan 2021 yil 1 iyuldan boshlab “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqilgan hokim qarorlari avtomatik tarzda raqam berilib, tizimda e’lon qilib borilmoqda (xizmat doirasida foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjatlar bundan mustasno).
2. Qonunchilikka muvofiq, hokimliklar tomonidan ayrim hollarda foydalanilishi cheklangan axborotlarni (mudofaa, xavfsizlik, shaxsga doir ma’lumotlar, vasiylik va homiylik hamda boshqalar) o‘z ichiga olgan qaror va farmoyishlar qabul qilinadi.
Hukumat qaroriga asosan, hokim (kengash raisi) hujjat loyihasini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi, imzolangan va maxsus raqam bilan ro‘yxatga olingan hujjatni Tizim bosh sahifasida avtomatik tarzda e’lon qiladi (yuqoridagi holatlar bundan mustasno).
Shunga ko‘ra, hokim (kengash raisi)ga qaror imzolanishidan avval mazkur hujjatni qabul qilinishi bilanoq Tizim bosh sahifasida avtomatik tarzda e’lon qilish yoki aksincha e’lon qilmaslik masalasini belgilash imkoniyati yaratilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Tizim ishga tushirilgandan buyon hozirga qadar 281 mingdan ortiq qaror va farmoyishlar qabul qilindi (shundan 43 mingga yaqin hokimlik hujjatlari e’lon qilinmagan).
Mazkur qarorlarning har birini Tizim orqali e’lon qilish yoki qilmaslik masalasini ko‘rib chiqish huquqi qonunchilik talabiga asosan faqatgina hujjatni qabul qilgan shaxs – hokim (kengash raisi)ga berilgan.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 fevraldagi PQ–138-son qaroriga asosan “E-qaror” elektron tizimini doimiy ravishda monitoring qilish hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan qarorlarga nisbatan ta’sir choralarini ko‘rib borish prokuratura organlari zimmasiga yuklatilgan.
Hukumat qaroriga muvofiq Adliya vazirligi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
· mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro‘yxatga olish va e’lon qilish jarayonlarining doimiy monitoringini olib borish;
· monitoring natijalariga ko‘ra, “E-qaror” elektron tizimi orqali kelishish uchun yuborilgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlariga manfaatdor tashkilotlarning belgilangan muddatlarda munosabat bildirmagan rahbar va mas’ul xodimlariga nisbatan ta’sir choralarini qo‘llash;
· Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda “E-qaror” elektron tizimini doimiy takomillashtirib borish.