Янгиликлар
#Fuqarolarga_yordam_rejimi
Davlat xizmatlari markazlarining barcha resurslari fuqarolarga yordam rejimiga oʻtkazildi.
Soʻnggi kunlarda yurtimizda kuzatilayotgan anomal sovuq va uning oqibatlarini yengillatish uchun Respublikamizdagi barcha davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarning ogʻirini imkon qadar yengillatish maqsadida qator qulayliklar joriy etildi.
Xususan, Surxondaryo viloyatidagi barcha Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan fuqarolarga issiq ichimliklar ulashilib, fuqarolarga nafaqat davlat xizmatlari, balki mehr ham ko‘rsatilmoqda.