Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish sohasida 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida M A ‘ L U M O T


Adliya organlari faoliyatida shaffoflikni to‘liq ta’minlash, aholi bilan muloqotni yangi darajaga ko‘tarish, manfaatdor shaxslarga adliya faoliyati bo‘yicha keng hajmli axborot berish maqsadida adliya vazirining 2019-yil 12-fevraldagi
52-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ochiq adliya” (“Open Justice”) dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 32-bandi ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish sohasida 2022-yil davomida viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar va ko‘rib chiqilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tahlil qilindi.

Jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha:

O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2022-yil davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga jami 5 425 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan

 Jami ko‘rib chiqilgan 4 870 ta murojaatlarning 3460 tasi (71 %) qanoatlantirilgan bo‘lsa, 1 410 ta (29 %) murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan.

Shundan, bevosita boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi tomonidan hal etilgan 1299 ta murojaatlarning 700 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa,
599 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 3 571 ta murojaatlar ko‘rib chiqilish natijasida 2 760 ta murojaat qanoatlantirilib, 811 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan.

   II. O‘tkazilgan o‘rganishlar bo‘yicha:

Qayd etilgan davrda Inson huquqlarini himoya qilish maqsadida
1 371 ta tashkilot va idoralarda 1 489 ta nazorat (o‘rganish, monitoring) tadbirlari o‘tkazilgan. O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 55 099 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan.

Aniqlangan qonunbuzilishlar natijasida tegishli idoralarga 1 474 ta taqdimnoma kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 23 mingdan ortiq hujjat ijrosi to‘xtatilgan va bekor qilingan, 3 mlrd so‘mdan ortiq pul mablag‘lari fuqarolarga to‘lab berilgan, 835 nafar aybdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, shulardan 10 nafar mansabdor shaxslar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hamda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan 344 nafar mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, qonunchilikni buzish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan
1 540 ta ogohnoma kiritilgan.

2022-yil davomida viloyatdagi adliya organlari tomonidan fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab, sudlarga 18 mlrd. so‘mga yaqin 1 574 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Xususan, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi vrach nevropatologi A.Qarshievning koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganligi uchun unga bir yo‘la to‘lab berilishi lozim bo‘lgan, biroq to‘lanmagan 100 mln so‘mlik to‘lov pullari bo‘yicha FIB Termiz tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilib, to‘liq to‘lab berilishiga erishildi.

Shuningdek, Uzun tumani, “Oqmachit” mahallasida yashovchi Samarqand viloyati Pasdarg‘om tumanidan kelgan, hozirda Uzun tumanidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi vazifasida ishlab kelayotgan fuqarolar H.Qarshiyev va uning turmush o‘rtog‘i B.Kabulovalarga olis hudud bo‘lganligi uchun davlat tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan 32 400 000 so‘m bir martalik boshlang‘ich yordam puli va ijarada turganlik uchun har oylik kompensatsiya pullari undirib berilishiga erishildi.

Xulosa qilib aytganda inson huquqlari barchamiz uchun eng oliy qadriyat hisoblanadi. Shuning uchun har birimiz fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda bor kuch g‘ayratimizni ishga solishimiz va bu borada olib borilayotgan ezgu ishlarga o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim.

Qayd etish joizki, Inson huquqlarini himoya qilish sohasida adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida fuqarolarni muntazam xabardor qilib borish aholining adliya organlariga nisbatan ishonchini yanada oshirishga hizmat qiladi.

 

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi

Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi