Янгиликлар
#MATBUOT_ANJUMANI
"Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining o'tgan 2022-yildagi faoliyat yakunlari va kelgusidagi rejalar" mavzusida navbatdagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Unda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari M.Hatamov, boshqarma boshlig'i o'rinbosari A.Rahmonov hamda Surxondaryo viloyat yuridik texnikumi direktori B.Gaffarovlarning hisoboti tinglandi.
Shuningdek, viloyat prokurorining katta yordamchisi A.Bobomuratovning prokuratura sohasida jamoatchilik fikri bilan ishlash, blogerlarning ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidiy fikrlari va ularga bildirilayotgan rasmiy munosabatlar borasidagi mulohazalariga ham quloq tutildi.
Viloyatda faoliyat olib borayotgan jurnalist va blogerlar hamda sohaga qiziquvchi faol fuqarolar ishtirokidagi matbuot anjumanining yakunida OAV vakillari o'zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan batafsil javoblar olishdi.