Янгиликлар
Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati.
Darhaqiqat, adolat tushunchasi bilan qonun ustuvorligi tushun-chasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Qabul qilinayotgan qonunlarimiz zamirida adolat yotishi darkor. Adolatga asoslangan qonunlarning hayotga tatbiq etilishi adolatning tantana qilishiga olib keladi.
Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri - jamiyat a’zolarining qonun oldida tengligining, Konstitutsiya va qonunlar-ning tengligining ta’minlanganligidir. Shuningdek, Konstitutsiya va qonunlarning pirovard maqsadi inson, uning huquq va erkin-liklarini ta’minlashdan iborat bo‘lmog‘i lozim.
“Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va dav-latning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonun-ga bo‘ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi. Huquqiy davlatning muhim belgisi – jamiyat hayotida chinakam qonun ustuvorligini ta’minlash - har qanday davlat uchun, xususan huquqiy davlat qurish yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston uchun ham juda muhimdir.
Qonun ustuvorligining mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bob, 15 va 16-moddalarida belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi-da O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlash-malari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘ra-dilar” deyilgan.
Qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatda noroziliklar ham bo‘lmaydi, chunki barcha soha vakillari qonun asosida faoliyat yuritar ekan norozilik va tushunmovchilikning o‘zi bo‘lmaydi. Qonunlarning ustu-vorligi jamiyatdagi barcha fuqarolar uchun shu jumladan, davlat xizmatida ishlovchi shaxslar uchun, shuningdek jamiyatdagi barcha sohalarga taalluqli bo‘lganligi uning yanada mukammal tus olishigi olib keladi. Qonun ustuvorligi haqida so‘z yuritganda uning ustu-vorligini ta’minlovchi davlat organlari haqida ham unutmasli-gimiz lozim. Chunki qonun qabul qilinishining o‘zi bu uning jamiyatda o‘z-o‘zidan ustuvor xususiyatga ega degani emas, buning uchun davlat organlarining bu borada hizmatlari va mehnatlari talab etiladi.
Qolaversa, qonunlarga itoat qilishda, uning ijrosini ta’min-lashga mas’ul bo‘lgan kishilar har doim oddiy fuqarolarga “etalon” bo‘lishlari lozim bo‘ladi. Ular tomonidan qonunlarning buzilishiga qaratilgan har bir kichik xatti-harakatlar nafaqat umumiy taraq-qiyotga, shuningdek fuqarolarning hokimiyatga ishonchining barbod bo‘lishiga olib keladi. Shu ma’noda ham qonun ustuvorligini ta’-minlashda fuqaroga qaraganda uning ijrosi uchun mas’ul bo‘lganlar ko‘proq yetakchilik qilishlari talab etiladi. Qonunlarning har qanday shaxs, guruh, siyosiy kuchlar yoxud ijtimoiy tabaqalar manfaat-laridan ustun bo‘lishini real ta’minlash orqaligina demokratiyani rivojlantirish, uning jamiyatda amal qilishiga erishish mumkin bo‘ladi. Uning amal qilishi har ikkala hokimiyat va fuqaro manfaatlariga mos keladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi devonxona
mudiri -Jaloliddin Musaev