Янгиликлар
Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz
Korrupsiya – barcha jamoatchilik institutlarini normal faoliyat yuritishi va mexanizmiga putur yetkazadi, davlat va jamiyat hayotining barcha jabxalarida tub islohotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi. Inson huquq va erkinliklarni buzilishiga olib keladi, jamiyatda davlat hokimiyatiga nisbatan ishonchsizlikni vujudga keltiradi va mamlakat xavfsizligiga xavf tug‘diradi.
Davlat organlari faoliyatining lozim darajada shaffof emasligi, korrupsiya sabablarini puxta va tizimli ravishda tahlil etilmasligi, korrupsiya masalalarida, kriminogen holat yuzasidan sohada profilaktika ishlarini olib borishda huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarini – fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligi lozim darajada emasligi – korrupsiyani yanada rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Korrupsiya murrakab ijtimoiy hodisa bo‘lib, unga qarshi kurashish uchun biryoqlama choralarni qo‘llash samarali hisoblanmaydi. Ushbu faoliyat kompleks-majmuaviy tarzda amalga oshirilishini talab etadi.
Korrupsiyani oldini olish bo‘yicha choralarni amalga oshirish – soha sub’ektlarining o‘zaro muvofiq faoliyatiga asoslangan davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk davrdayoq – korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga umumdavlat miqyosidagi vazifa sifatida qaralib, uning oldini olish, sohasidagi qonunchilik bazasini yaratish bo‘yicha izchillik bilan, muntazam ravishda – tub islohotlar olib borilmoqda hamda samarali va maqsadga yo‘naltirilgan choralar ko‘rilmoqda.
Jumladan, mamlakatimizda – korrupsiyani samarali oldini olish, davlat qurilishi va boshqaruvining barcha sohalarida demokratik islohotlarni o‘tkazish, xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga qaratilgan va Konstitutsiyaga asoslangan – mustahkam normativ-huquqiy baza shakllantirildi.
Mazkur huquqiy baza – 18 ta – Kodeks; 50 dan ortiq – Qonun va 100 dan ortiq – qonunosti hujjatlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Budjet tashkilotlarining asossiz, maqsadsiz xarajatlarini oldini olish, hisob-kitob intizomiga so‘zsiz amal qilinishi ustidan nazorat qilish – asosiy vazifalari hisoblangan maxsus moliya organi – Moliya vazirligi huzurida G‘aznachilik boshqarmasi tashkil etildi.
Jinoyat kodeksi, Jinoyat-prsessual kodeksi, “Sudlar to‘g‘risida”, “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunlarning qabul qilinishi – korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi huquqiy mexanizmlarni mustahkamlashga xizmat qildi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan – korrupsiya sohasidagi huquqbuzarliklarni samarali oldini olish va javobgarlikning muqarrarligi prinsipini amaliy ro‘yobga chiqarishga imkon beruvchi korrupsiyaviy qilmishlarni aniqlash hamda ularni oldini olish borasida faoliyat olib borilmoqda.
Sud hokimiyatining mustaqilligi, sudyalikka nomzodlar zaxirasi shakllantirilishining demokratik asoslari, sudya kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish ishlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, sudyalar korpusi barqarorligi va samaradorligini mustahkamlash maqsadida –Prezidentimizning 2017 yil 21 fevraldagi Farmoniga muvofiq – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi.
Bosh prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tuzilmasida – korrupsiyaga qarshi kurash xamda ichki xavfsizlik bo‘yicha maxsus bo‘linmalar tashkil etilib, xozirda ular samarali faoliyat olib bormoqdalar.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan korrupsiya sohasidagi huquqbuzarliklarni samarali oldini olish va javobgarlikning muqarrarligi prinsipini amaliy ro‘yobga chiqarishga imkon beruvchi korrupsiyaviy qilmishlarni aniqlash hamda ularni oldini olish borasida faoliyat olib borilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashda muhim institutsional mexanizm sifatida jinoiy daromadlarni legallashtirish va boshqa korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni aniqlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirish maqsadida – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti tashkil etildi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida birinchilardan bo‘lib jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishga va milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga qaratilgan kompleks huquqiy chora-tadbirlar nazarda tutilgan – “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi.
Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi va “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonunlar korrupsiyaga qarshi kurashishda ancha ahamiyatli hujjatlar hisoblanadi.
Prezidentimiz 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majliga qilgan Murojaatnomasida “Jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi” deb ta’kidlab o‘tgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘risida”gi Farmoni qabul qilinib, mazkur Farmonga asosan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil qilindi.
Shuningdek, yurtboshimiz tomonidan 2021 yil 6 iyul kuni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yana bir muxim hujjat, ya’ni “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga imzolandi. Ushbu hujjatga asosan mamlakatimizda qorrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamda oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida qator vazifalar belgilandi. Bu sa’y-harakatlarning bari kelajak istiqbol yo‘lidagi jonkuyarliklardir.
Shu ma’noda, “Sen menga tegma, men senga tegmay”, “Nima bo‘lsa bo‘lar, menga nima? O‘zim tinch bo‘lsam bo‘ldi-da”, degan fikr bilan yashamasak, insonning eng katta dushmani – loqaydlik, befarqlikka berilmasak, bir maqsad yo‘lida birlashib, davlatimiz taqdiriga befarq qaramasak, bu – har qanday ko‘rinishdagi korrupsiyaning barham topishiga xizmat qiladi.
JIB Termiz shahar sudining
Sudya yordamchisi N.Xasanova