Янгиликлар
SAYYOR QABUL
Boysun tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi , tuman IIB bo'limi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati bilan hamkorlikda sayyor qabul tashkil etildi.
Unda dastlab mas'ullar ishtirokida joylarda jinoyatchilikning oldini olish hamda fuqarolarning huquqiy muammolari yechimi yuzasidan tumandagi 4-sektorga qarashli “Poygaboshi” mahallasi aholisiga tushuntirishlar berildi.
Asosan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan bog‘liq, fuqarolarga qishloq sharoitidagi eng ko‘p uchraydigan suv, gaz, elektr ta’minoti, kredit ajratish, yo‘l, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish, davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi haqidagi murojaatlar tinglanib, tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. SHuningdek, tadbir davomida ikki nafar fuqarolarning og‘zaki murojaatlari o‘rganib chiqish uchun adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.