Янгиликлар
06
#ADLIYA_ARALASHUVI_BILAN
Sariosiyo tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan "Farhod ayollar muruvvat uyi"da yashayotgan 11 nafar nogironligi bo'lgan ayollarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (ID karta) lar berilishiga erishildi.
Tuman markazidan qariyb 40 km olisda joylashgan muruvvat uyida 300 nafarga yaqin nogironligi bo'lgan ayollar yashab kelmoqda. Aynan ularning manfaatlari uchun amalga oshirilgan ushbu tashabbus jamiyatimizda barcha teng huquqli ekanligining amaldagi ifodasidir.