Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Doimiy komissiyaning navbatdagi sayyor majlisi o‘tkazildi


Sherobod tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi binosida Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati tashabbusi bilan tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasining navbatdagi sayyor majlisi o‘tkazildi.

 

Majlisda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i F.Raxmonov, bo‘limning yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.Ulashev, tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori A.Allamurodov hamda tumandagi vakant (bo‘sh) ish o‘rinlari mavjud tashkilotlar rahbarlari va xodimlar bilan ishlashga mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.


   Majlisda tuman tashkilotlarida hozirda mavjud vakant (bo‘sh) ish o‘rinlari, ishga joylashtirish holati, xodimlar bilan mehnat munosabatlariga kirishishda uchrayotgan muammolar muhokama etildi, mazkur yo‘nalishda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.