Янгиликлар
08
FUQARONING YONG'IN NATIJASIDA YONIB KETGAN HUJJATLARI TAKRORAN RASMIYLASHTIRIB BERILDI.
Bandixon tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi tomonidan tumandagi "Chinor" mahallasida istiqomad qiluvchi fuqaro Nargiza Abdullayevaning yong'in natijasida barcha hujjatlari yonib ketganligi bois, hujjatlarini takroran rasmiylashtirib berish to'g'risidagi murojaati ijobiy hal etildi.
Murojaatga asosan, Nargiza Abdullayevaning nikoh guvohnomasi hamda 4 nafar farzandlarining tug'ilganlik guvohnomalari takroran rasmiylashtirib berildi.