Янгиликлар
YURIDIK XIZMAT KO'RSATISH MARKAZI TOMONIDAN SEMINAR TASHKIL ETILDI
Boysun tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi bilan hamkorlikda tumandagi yuridik xizmat ko'rsatiladigan tashkilotlar uchun seminar tashkil etildi.
Unda asosan, ishtirokchilarga oʻtgan davr mobaynida "E-huquqshunos" tizimi orqali hujjat loyihalarini joʻnatishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar toʻgʻrisida tegishli tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi va u bilan kiritilayotgan o'zgarishlar, ish beruvchi va xodimlarning huquq va majburiyatlari borasida ham yig'ilganlarga batafsil ma'lumot berildi