Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

YOSHLAR — E’TIBOR MARKAZIDA


Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamkorligida oltinsoylik yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.


Tumanning uyushmagan yoshlari jam bo'lgan ushbu uchrashuv davomida arqon tortish, armresling, milliy kurash kabi sport musobaqalari ham tashkil etildi. Ushbu sport baxslarida g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlarga Viloyat adliya boshqarmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

⚡️ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda 5 ta muhim tashabbus doirasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘z- o‘zini band qilishga ko‘maklashish maqsadida, bir guruh yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar tarqatildi.

 

Jumladan, tumandagi «Chep» mahallasidan Javohir Tog‘ayevga multikultivator, «Yangiqurilish» mahallasidan Anvar Boyqobilovga sartaroshxona uchun kreslo va suv isitish moslamasi, «Qiziltepa» mahallasidan Behruz Ziyodullayev, Shohruh Soatmurodovlarga benzin yoqilg‘isida ishlovchi arra uskunasi, subsidiya asosida berildi.

 

Muxtasar aytganda, bugungi uchrashuv Oltinsoylik yoshlar uchun yangi imkoniyat va marralar sari debocha bo'ldi.