Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

#UCH_AVLOD_UCHRASHUVI


Mehnat - insonni ulug'laydi. Inson o'zi egallagan kasbining fidoiysi bo'lishi, kasbi ortidan keksaligida ham qadr topishi ham faxr, ham yosh avlod uchun o'rnakdir.


 

Darhaqiqat, bugun Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida uzoq yillar halol va sadoqat bilan xizmat qilgan bir guruh faxriylar hamda o'rta va yosh avlod vakillari ishtirokidagi uchrashuvda ana shu jihatlar yana bir bor o'z isbotini topdi.

 

Uchrashuv mobaynida adliya faxriylarining tizimda faoliyat yuritganidan qanchalar iftixor tuyishlari, kasbning fidoiysi bo'lish ortidan minglab shogirdlar e'zozida ekanliklari hayajon bilan qayta-qayta tilga olindi. Kecha va bugungi adliya haqida mulohazalar yuritildi. Keyingi avlod vakillariga ko'p yillik tajriba samarasi bo'lgan qimmatli o'gitlar aytildi.


 Muxtasar aytganda, "Uch avlod uchrashuvi" faxriylar uchun yaxshi xotiralar va tajriba bilan bo'lishuv bo'lgan bo'lsa, keyingi avlod vakillari uchun mahorat darsi bo'ldi deyish mumkin.