Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Termiz tumanida adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi


Bugun Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat Adliya boshqarmasi, tuman hokimligi va keng jamoatchilik vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.


Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi, davlat xizmatlari hamda yuridik xizmat ko'rsatish markazi tuman adliya bo‘limi tarkibiga kiritilib, bitta binoda faoliyat yurituvchi yagona tizimga aylantirildi. Aniqroq aytganda, yagona “Adliya uyi” shakllantirildi.

Bu esa huquqiy muammosi bor yoki davlat xizmatlaridan foydalanishga ehtiyoji bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga 4 ta tuzilma xizmatidan “Bir darcha” tamoyili asosida, bir joyning o‘zida foydalanish imkonini beradi. 



Mazkur bino eng zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari bilan jihozlandi. Endi tashrif buyuruvchilarga davlat xizmatlari keng, yorug‘ va shinam xonalarda, qulay sharoitda ko‘rsatib boriladi.

Bino qurilishida, zamonaviy shaharsozlik normalariga muvofiqlik va fuqarolar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor berildi. Birgina davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida murojaatchilarga bir vaqtning o‘zida 220 dan ortiq turdagi xizmatlarni ko‘rsatish imkoni yaratildi. Bu yerda elektron navbat tizimi, axborot kioskasi, elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish burchagi, mini-kutubxona tashkil qilingan. Tashrif buyuruvchilar xizmatlardan mustaqil foydalanishlari, shuningdek turli imkoniyatlardan xabardor bo‘lishlari uchun axborot stendlari va posterlar qo‘yilgan.


Ushbu binoda tumandagi 77 mingga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatilishi bilan birga eksterritorial tamoyil asosida Toshkent shahri va respublikamizning barcha hududlardan tashrif buyurgan fuqarolar ham foydalanishlari mumkin.

Binoda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ham zarur sharoitlar yaratilgan. Bir so‘z bilan aytganda, har bir fuqaroga — alohida e’tibor, jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari hisobga olingan.