Янгиликлар
Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi va Notarial palataning Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan notariat sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida notariuslar ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi va Notarial palataning Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan notariat sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida notariuslar ishtirokida seminar o‘tkazildi. Notariuslar va boshqarma mas’ul xodimi tomonidan sohadagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan bir qator takliflar muhokama qilindi.
Seminarda, shuningdek, “Zoom” platformasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi xodimlari tomonidan notariuslar uchun “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi yangiliklar bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi.