Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH DASTURLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA BILASIZMI ?


Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining bandligi va daromad manbalarini oshirishga doir mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralarini yanada kengaytirish maqsadida:

1. 2023-yilda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari (keyingi o‘rinda — Dasturlar) doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan “Agrobank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq bankiga alohida tasdiqlanadigan taqsimotga asosan 300 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘lar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 10 foiz stavkada ajratilsin.

2. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda 2023-yilda Dasturlar doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2023-y., 07/23/18/0054-son)

QIZIRIQ TUMANI DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI

XISOBLASH TEXNIKASI OPERATORI RAJABOV UMID