Янгиликлар
Tumandagi 4-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida referendum bo'yicha targ'ibot tadbiri o'tkazildi
Boysun tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan 2023-yil 30-mart kuni Boysun tuman 4-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 2023-yilning 30-aprel kuni o'tkaziladigan referendum va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri bo'yicha navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Jumladan, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilayotgani va O'zbekiston konstitutsiyasidagi moddalar soni amadagi 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshirilyatgani, Konstitutsiyadagi 128 ta moddaning 91 tasiga konseptual o'zgarishlar kiritilib, konstitutsiya 65 foizga o'zgartirilib,kiritilgan o'zgarishlar qatoridan prezidentlik muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirish, Oliy Majli Sentidagi senatorlar sonini 100 nafardan 65 nafarga tushirish, bo'yicha yangi normalar o'rin olganligi keng turda tushuntirib o'tildi.
BOYSUN TUMAN YURIDIK XIZMAT KO'RSATISH MARKAZI