Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Bolasini maktabga jo‘natmaydigan ota-onalarga qanday javobgarlik mavjud?


Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 9-moddasiga binoan umumiy o‘rta ta’lim umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida uzluksiz tarzda, majburiy bo‘lgan o‘n bir yil davomida amalga oshiriladi.

Ushbu qonunning 51-moddasiga ko‘ra voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolaning o‘qishi, tarbiyalanishi, jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojlanishi uchun ma’suldir.

☝️Yuqoridagi ikki modda o‘quvchingizni 11 yillik majburiy ta’lim olishi kerakligini va buni ota-ona ta’minlashi kerakligidan dalolat beradi.

Shuningdek, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari:

- bolalarining umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim yoki boshlang‘ich professional ta’lim olishini ta’minlashi;

- bolalarining o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishini ta’minlash va o‘zlashtirishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

- o‘z bolalarining intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;

- ta’lim tashkilotining ta’lim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi ichki tartib-qoidalariga rioya etishi;

- ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

❗️Ushbu qoidalarning mazmuniga ko‘ra o‘quvchining ota-onasi maktabga ta’lim olish yuborishi va o‘quvchining sifatli ta’lim olishini ta’minlashga majbur.

️ Agar ota-ona bu majburiyatlarni bajarmasa, unda ota-onaning harakatlariga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilangan. Ya’ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 47-moddasiga muvofiq ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Termiz shahar adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti Voxid Nazarov