Янгиликлар
“Aholini sifatli iste'mol tovarlari bilan ta'minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 110-sonli Prezident Qarori qabul qilindi.
“Aholini sifatli iste'mol tovarlari bilan ta'minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra:
iste'molchilar hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik kuchaytiriladi;
etil spirti, alkogolь va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib o‘rnatiladi;
sanitariya qonunchiligi va veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzganlik uchun belgilangan ma'muriy javobgarlik kuchaytiriladi;
o‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, geografik ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan, adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi;
belgilangan talablar va shartlarning qo‘pol ravishda buzilishi oqibatida litsenziyasi bekor qilingan yoki xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirishi tugatilgan tadbirkorlarga quyidagi ro‘yxatda keltirilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishiga cheklovlar belgilanadi.
Boysun tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti – I.H.Safarov