Янгиликлар
Sud qarori bilan nikohdan ajratishni qayd etish tartibi
-O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 47-moddasiga binoan nikoh FHDY organida nikohdan ajratish qayd etilgan kundan boshlab tugatiladi.
-FHDY organi sud qarori asosida er-xotinlardan birining arizasiga asosan nikohdan ajratish to`g`risidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va nikohdan ajratish to`g`risidagi guvohnomani beradi.
-Bunda nikohdan ajratishni qayd etishgacha FHDY organi er yoki xotindan birining nikohdan ajratilganlik fakti rasmiylashtirilmaganligini «FHDYning yagona elektron arxivi» axborot tizimi orqali tekshiradi.
-Agar nikohdan ajratish FHDY organida tomonlardan birining arizasiga ko`ra qayd etilgan bo`lsa, u holda dalolatnoma yozuvi ikkinchi tomon to`g`risidagi ma`lumotlar bilan to`ldiriladi va nikohdan ajratganlik to`g`risida guvohnoma beriladi.
-Nikohdan ajralganlik to`g`risidagi dalolatnoma yozuvini qayd etish, nikohdan ajralganlik to`g`risidagi dalolatnomadagi yozuvlarga qo`shimchalar kiritish va nikohdan ajralganlik to`g`risidagi guvohnomani berish, shuningdek tomonlardan birining ishonchnoma asosida harakat qiluvchi vakilning so`rovnomasi bo`yicha ham amalga oshirilishi mumkin.
- 1998 yil 1-sentabrdan 2010 yil 15-sentabrgacha bo`lgan davrda qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari bo`yicha nikohdan ajratishni qayd etish Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga asosan yo`qolgan dalolatnoma yozuvlarini tiklash tartibi va qoidalariga binoan amalga oshiriladi.
-MDH mamlakati va chet el davlat sudi tomonidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaror asosida O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohdan ajratish (qaror qachon chiqqanidan qat`iy nazar) agar davlatlararo bitimda boshqa hol nazarda tutilmagan bo`lsa, umumiy tartibda FHDY organida qayd etiladi.
Qiziriq tuman FHDY bo`limi
inspektori Shodmonova Manzura