Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Firma yoki korxona bankrot yoki bankrot emasligini qanday tekshirsa boʻladi?


Jismoniy shaxslar turli holatlarda firma va korxonalar bilan shartnomalar imzolashlariga toʻgri keladi.

Kimdir yangi uy olganida, yana biri avtomobil ijarasida, boshqasi esa xorijga ishga ketish niyatida tadbirkorlik sub'yektlariga maʼlum miqdorda pul ham oʻtkazib berishadi.

Shu kabi vaziyatlarda shartnoma imzolash, turli toʻlovlarni amalga oshirishga shoshilmaslikni, my.gov.uz portalidagi tegishli xizmat yordamida barchasini tekshirib ko‘rishni tavsiya etamiz.

Buning uchun my.gov.uz portalidan xo‘jalik jamiyatining to‘lovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) to‘g‘risida ma’lumot olish xizmatini tanlang,  korxona va firmaning STIR raqamini kiritib bir zumda ma’lumotnomani oling.

Portaldagi xizmat orqali korxona va firmaning STIR raqamini kiritib, uning haqiqatda toʻlovga qobiliyatli ekanligi, bankrot holatida emasligi, haqiqiy egasi va telefon raqami mavjudligini tekshirib olish sizga sira zarar qilmaydi.

Eslatib o’tamiz xizmatdan foydalanish bepul.


      Boysun tuman adliya bo‘limi 

Davlat xizmatlari markazi 

bosh mutaxassisi Umarov Hikmatillo