Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Referendumga oid umumiy qoidalar.


Referendum haqida gapirishdan avval uning o‘zi nima ekanligi, saylovlardan farqi haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Referendum fuqarolarning davlat va jamiyat hayotidagi eng muhim masalalarni ovoz berish yo‘li orqali hal etishdir

Referendum orqali Konstitutsiya, qonunlar qabul qilinishi, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi, Parlament, Prezident, Hukumat faoliyati takomillashtirilishi mumkin.

Referendum saylov emas. Referendum ayrim jihatlari bilan saylovga o‘xshashi mumkin, masalan komissiyalar, ovoz berish jarayoni. Biroq saylovlarda nomzodlarni muayyan lavozimga masalan, deputat, senator, Prezident sifatida saylash uchun ovoz beriladi. Referendumda esa nomzodlar bo‘lmaydi, muayyan masalani qo‘llab-quvvatlash yoki rad etish bo‘yicha ovoz beriladi.


2023-yil 3-aprel kuni Bandixon tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi xodimlari bilan tuman musiqa va san'at maktabi majlislar zalida Referendumga oid umumiy qoidalar haqida Bandixon tumani Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsastish markazi xodimlari simenar treningi o'tkazdi.

O‘zbekistonda referendum Konstitutsiya hamda 2001 yil 30 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Referendumi to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.

Endi Qonunning asosiy jihatlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Referendum O‘zbekiston qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir.


Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi va referendum O‘zbekistonning butun hududida o‘tkaziladi.

Referendum fuqarolarning o‘z xohish-irodasini umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bildirishi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

Fuqarolarning o‘z xohish-irodasini bildirishi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Referendum o‘tkaziladigan kungacha yoki referendum kunida 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaro referendumda teng asoslarda ishtirok etadi va har bir fuqaro bir ovozga ega bo‘ladi.

Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatiga qarab fuqarolarning referendumda qatnashish huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi.


Ovoz berish byulletenini to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Byulletenni mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmagan fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra, referendum o‘tkazuvchi komissiya tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqlidir.

Fuqarolar ovoz berish byulletenida referendumga qo‘yilayotgan masala bo‘yicha o‘zi ovoz berayotgan variant ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisini qo‘yadi.

To‘ldirilgan byulletenni fuqaro ovoz berish qutisiga tashlaydi. Ovoz berish qutilari referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolariga hamda kuzatuvchilarga ko‘rinib turishi kerak.

Buzib qo‘yilgan ovoz berish byulleteni fuqaroning iltimosiga ko‘ra yangisi bilan almashtirilishi mumkin.

Referendum kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Muddatidan oldin ovoz berish referendumga 10 kun qolganida boshlanadi va referendumga 3 kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va fuqarolarning, kuzatuvchilarning e’tiboriga ommaviy axborot vositalari orqali etkaziladi.

Ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun referendum kunida bo‘la olmasligining sabablari (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka komissiyasidan referendumda ovoz berish byulletenini oladi.

Ovoz beruvchi referendumda ovoz berish byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.

Referendumda ovoz berish byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida ovoz beruvchi tomonidan to‘ldiriladi.

Bandixon tumani Adliya bo'limi 

Yuridik xizmat ko'rsastish markazi.