Янгиликлар
Ramazon hayiti munosabati bilan necha kun dam olamiz?
“Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2023-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprel – juma kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Ramazon hayiti arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:
21-aprel (juma) – Ramazon hayiti bayrami;
22-aprel (shanba) – dam olish kuni (shu jumladan, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun);
23-aprel (yakshanba) – dam olish kuni;
24-aprel (dushanba) – ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni.