Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Ramazon oyi arafasida Probatsiya guruhi hisobida turib, mehnatga halol munosabatda bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan hamda o‘rnatilgan tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilgan qirq bir nafar mahkum jazo o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.


Sud-huquq sohasida Konstitutsiyaviy talablar asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar tufayli aholining huquq va manfaatlari to‘la ta’minlanmoqda.

Zero, ushbu islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir insonni rozi qilish, ularning ezgu orzularini ro‘yobga chiqarish, pirovardida insonparvarlik tamoyillariga asoslangan demokratik jamiyatni barpo etishdan iboratdir.

2023 yil 11 aprel kuni Termiz shahar IIB Probatsiya guruhi binosida sayyor sud majlisida jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi raisi I.Shaymanov va shu sudning sudyalari Sh.Yuldashev va A.Boybilovning raisligida Termiz shahar IIB Probatsiya guruhida jazo o‘tab turgan 41 nafar mahkumlarni Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.


Sud, ish hujjatlarini atroflicha o‘rganib chiqib, insonparvarlik tamoyiliga tayanib, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya guruhi hisobida turib, mehnatga halol munosabatda bo‘lib, o‘rnatilgan tartib qoidalariga rioya qilgan, o‘zining hulqini ijobiy tomonga o‘zgartirgan, jazoni o‘tash davrida intizomiy jazoga tortilmagan, sodir etgan jinoyatining oqibatlarini to‘la anglab yetib, jazoni o‘tash davrida o‘zining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, sudlar tomonidan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlarga to‘liq rioya qilgan, bundan o‘zlariga tegishli xulosa chiqargan qirq bir nafar mahkumlarni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining  73-moddasiga asosan o‘talmay qolgan jazo muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Sayyor sud majlisida raislik qiluvchi tomonidan mahkumlarga ularning huquq va majburiyatlari, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlash oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.


Sud-huquq tizimida amalga oshiriladigan barcha ishlar zamirida qonun ustuvorligini ta’minlash, odil sudlovga erishish kabi ezgu g‘oyalar yotadi. Aynan inson va adolatli sud o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda qonuniylikni va adolatni ta’minlaydigan harakatlar zamirida xalqimizning osoyishta hamda rozi bo‘lib yashash huquqi turibdi.

Bu bilan sud, sodir etgan jinoyatining oqibatlarini to‘la anglab yetgan va axloqan tuzalish yo‘liga o‘tgan mahkumlarga imkon berilganligi halqimizning kechirimlilik va bag‘rikenglik kabi azaliy qadriyatlarining ruyobga chiqarilishi bilan bir qatorda jazodan ozod etilgan shaxslarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishda, oila a’zolari, farzandlari, shuningdek jazodan ozod qilingan shaxslarning oilalarda tinchlik-xotirjamlikni ta’minlash bilan birga, el-yurt taraqiyoti uchun munosib xissa qo‘shishlariga yana bir imkon yaratdi.

Jamiyatimizda shaxsni tarbiyalash orqali sog‘lom muhit yaratish vazifasi, nafaqat sudlarning, balki keng jamoatchilik, qolaversa, har bir fuqaroning burchi ekanini unutmaslik lozim.

I.Shaymanov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha 

Termiz shahar sudining raisi