Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Sud majlisida moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlagan huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqildi.


Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudi tomonidan sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan ikki nafar shaxslar A.Q va K.N.ga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.

Ish hujjatlari tahlil qilinganda, qarzdorlar Davlat ijrochisining bir necha bor ogohlantirishlariga qaramay aliment pullarini to‘lashni paysalga solib, aliment to‘lovidan qochib, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganligi aniqlandi.

Ulardan biri, Muzrabot tumani, “Alpomish” mahallasida yashovchi qarzdor A.Q. bo‘lib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudining 2023 yil 24 yanvardagi buyrug‘iga ko‘ra, undiruvchi S.D.ning foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandlarining ta’minoti uchun                1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lib, qarzdor A.Q.   2023 yil 20 yanvardan 2023 yil may oyiga qadar to‘rt ortiq muddat maboynida moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlariga 2.943.330 so‘mlik aliment qarzlarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan.

Sud majlisida farzandi oldidagi mas’uliyatini esidan chiqarib, otalik burchini unutgan huquqbuzarlar sud qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 474-moddasi bilan aybdor deb topilib, ularning har biriga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Qarzdor otalar sud zalida darhol qamoqqa olinib,ma’muriy qamoq jazosini o‘tash uchun Termiz shahridagi maxsus qabul qilish muassasaga joylashtirildi.

Konstitutsiyamizning 77-moddasida, Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburiligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Ayrim otalar esa, farzandlari oldidagi otalik burchlarini unutib qo‘yishmoqda.

Shunday ekan, har bir ota-ona bolalar davlatimizning ertangi kelajagi ekanligini chuqur his etgan holda oilada sog‘lom muhit yaratishga mas’ul ekanliginini unutmasligi kerak.

Ikromjon Shaymanov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining raisi