Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Qonun ustuvorligini ta’minlovchi asosiy shartlar


Huquqiy demokratiyaga asoslangan jamiyatda qonun ustuvorligi prinsipini ta’minlovchi asosiy shartlar quyidagilardan iborat:

Birinchidan, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipining real jo-riy etilganligi. Bu prinsipga ko‘ra qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bo‘g‘inlari o‘zlarining Konstitutsiyada va qonunda belgilangan vakolatlari doirasida faoliyat yuritadilar.

Konstitutsiya va qonunlarga nafaqat fuqarolar, uni qo‘llovchi davlat idoralari va mansabdor shaxslar ham, shuningdek, qonunlarni yaratuvchi hokimiyat organi ham itoat etishga majbur. Hokimiyatlar-ning oqilona taqsimlanishi davlat tuzilmalarining samarali ishla-shi, suiste’mollarning bartaraf etilishi, inson huquq va erkinlik-lari amalda ta’minlanishi, umuman, demokratiya va qonun ustuvor-ligining muhim garovidir.

Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining birinchi bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekis-ton Respublikasining Konstitutsiya va qonunlariga rioya etili-shining kafilidir. Prezident o‘z farmonlari va huquqiy qarorlari bilan Konstitutsiyaviy tamoyillarning qonunlarda mustahkamlangan qoidalarining hayotga to‘la joriy etilishi uchun yo‘l ochadi, tegishli huquqiy mexanizmlarni yaratadi. Prezidentning o‘zi qonunlarga qat’iy amal qilishi bilan davlat idoralari va mutasaddi shaxslar uchun ibrat, namuna ko‘rsatib, ularni ham Konstitutsiya va qonunlarga og‘ishmay rioya etishga safarbar etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2002 yilning 4 yanvarida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida” farmoyish qabul qilinganligi jamiyatda aholining huquqiy bilimdonligi va madaniyatini oshirish bilan birga Konstitutsiyaning mavqei va nufuzini ko‘tarishga qaratilgan siyosiy-huquqiy tadbirdir.

Uchinchidan, joriy qonunlar va barcha normativ huquqiy aktlar Konstitutsiyaga tamomila mos va unga muvofiq yaratilishi lozim. Bu esa mamlakatda qonuniylik va huquqiy tartibot, taraqqiyot va barqarorlik hukm surishiga olib keladi.

Asosiy qonunimizning 16-moddasi ikkinchi bandida “Birorta ham qonun yoki boshqa normativ huquqiy hujjat Konstitutsiya norma-lari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas” deb qat’iy qilib belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi ana shu muhim Konstitutsiyaviy-huquqiy prinsipiga rioya etishni ta’minlashga intilib kelmoqda.

Konstitutsiyaning ustuvorligini ta’minlash uchun alohida muhofaza mexanizmi bo‘lishini taqozo etadi. Bunday mexanizmning asosiy va markaziy bo‘g‘inini – Konstitutsiyaviy sud tashkil etadi. Konstitutsiyaviy sud o‘z vazifalarini bajarishda mustaqildir va o‘z faoliyatida faqat Konstitutsiya normalari hamda qoidalariga amal qiladi. Uning zimmasiga qonun chiqaruvchi, hukumat va davlat hoki-miyati mahalliy organlarining qarorlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni nazorat qilish vazifasi yuklatilgan. Kons-titutsiyaga sodiqlik, mustaqillik, oshkoralik va sudyalar huquqlari-ning tengligi Konstitutsiyaviy sud faoliyatining asosiy prinsip-laridir.

To‘rtinchidan, qonun ustuvorligini ta’minlovchi va mustah-kamlovchi vositalardan biri kodekslashtirishdir. Kodekslar huquq tarmog‘ining bosh qonuni sifatida Konstitutsiya prinsiplarini rivojlantirish yo‘lida yaratiladi va ular konstitutsiya, konstitu-siyaviy qonunlardan keyingi maqeni egallaydi. Kodekslar o‘zining mantiqiy mukammalligi, pishiqligi, ichki barqarorligi huquqiy qoidalarga amal qilganligi tufayli kodeks normalari hayotda o‘zi-ning amalini oson topadi.

Beshinchidan, qonun ustuvorligini ta’minlashning asosiy omillarini quyidagicha e’tirof etish mumkin:

qonun chiqaruvchi jarayonni muttasil demokratlashtirib bo-rish – insonparvar, adolatli xalqchil qonunlar yaratilishining garo-vidir;

qonunning sifatini mukammallashtirish, uning ichki mexa-nizmi puxta, yuridik texnika nuqtai nazaridan benuqson bo‘lishiga erishish;

qonunchilikni isloh qilish va takomillashtirishda “qonunda ta’qiqlanmagan hamma narsaga ruxsat beriladi” (fuqarolar uchun). “Faqat qonunda mustahkamlangan narsalargagina ruxsat beriladi” (mansabdor shaxslar va davlat idoralari uchun) degan prinsipga qat’iy amal qilinishiga erishish;

qonunchilik faoliyatining yaqin yillar va istiqbolga mo‘ljal-langan strategiyasini hamda qonun ustuvorligini ta’minlash konsepsiyasini yaratish;

qonunlar amal qilishining ijtimoiy mexanizmiga e’tibor qaratish. Bu sohadagi ijtimoiy omillar (ta’sir etuvchi kuchlar, vositalar) ni sinchiklab o‘rganish;

aholining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish.

Oltinchidan, qonun osti, idoraviy normativ hujjatlarga havolalar, ya’ni ilovalar (shior va deklaratsiyalar tarzidagi norma-lar) ko‘p bo‘lishining oldini olish zarur. Bunday ilovalar haddan ziyod ko‘p bo‘lishi keyinchalik amaliyotda qonun chetda qolib, uning o‘rnini idoraviy hujjat egallab olishi bilan qonun ustuvorligiga ziyon yetishi xavfini keltirib chiqaradi.

Yettinchidan, qonunlarning barqaror va ustuvor bo‘lishiga erishish. Ularga tez-tez qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, piro-vard natijada qonunning ahamiyati va nufuzi tushib ketishiga olib keladi.

Sakkizinchidan, jinoiy jazolarni liberallashtirish qonun ustuvorligini ta’minlashning muhim sharti bo‘lib hisoblanadiki, biz mavzuni bayon qilish jarayonida bunga alohida to‘xtalamiz.

To‘qqizinchidan, Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlashda prokuror nazoratining roli katta. Prokurorlik nazo-rati faoliyatida qo‘llaniladigan taqdimnoma, amrnoma, ogohnoma, qaror va arizalarning sifati va ta’sirchanligining yanada yuqori bo‘lishida 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunda ko‘zda tutilgan qonuniylik, odillik, mustaqillik va oshkoralik prinsiplari huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bundan maqsad, xalqimiz ham, prokuratura xodimlari ham ushbu tamoyillarni aniq tasavvur etishlari kerak. Holbuki, fuqarolar har bir prokuratura xodimidan ushbu tamoyil-larni ro‘yobga chiqarishni talab qilish huquqiga ega. Prokurorlik nazorati olib borayotgan prokurorlar esa o‘z faoliyatida shu prin-siplarga og‘ishmay rioya etishi shart.

Shunday qilib O‘zbekistonda huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash uchun kompleks tashkiliy huquqiy kafolatlar yaratildi. Albatta, konstitutsiyaviy huquqiy kafolatlar va yuridik mexanizmlarni muttasil takomillashtirib, ularning samaradorligini oshirib borish lozim. Shu o‘rinda Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligini ta’minlashning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-axloqiy, ruhiy kafolatlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik lozim.

Jaloliddin Musayev

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Termiz shahar sudining sudya yordamchisi