Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Sayyor sud majlisida Probatsiya guruhi hisobida turib, tuzalish yo‘liga o‘tgan hamda o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan o‘n ikki nafar mahkumlar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.


2023 yil 18 sentabr kuni Muzrabot tumani 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi binosida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining raisi I.Shaymanov va tuman prokurorining yordamchisi Sh.Shomurotovning ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Huqubuzarliklar profilaktikasi jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-2833 sonli qarorining ijrosini ta’minlash hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish yuzasidan Muzrabot tuman IIB Probatsiya nazorat ostida turgan shaxslar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirda asosan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati tushuntirilib, mamlakatimizda Konstitutsiya normalari va qonunlar asosida amalga oshirilayotganligi haqida keng kamroqli tushunchalar berildi shuningdek, qonunlarga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlarni targ‘ib qilishdi, ma’ruza yakunida jinoyatchilikning oldini olish, giyohvandlik, ichkilikbozlik va diniy ekstremizmga qarshi kurash, firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Shundan so‘ng, o‘tkazilgan sayyor sud majlisida jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudi raisi I.Shaymanovning raisligida Muzrabot tuman IIB Probatsiya guruhida jazo o‘tab turgan to‘rt nafar mahkumlarni ozodlikni cheklash jazosidan, olti nafar mahkumlarni axloq tuzatish ishlari jazosidan, ikki nafar mahkumlarni muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqilib, insonparvarlik tamoyillariga tayanib, Muzrabot tuman ichki ishlar bo‘limi Probatsiya guruhi hisobida turib, haqiqatda mehnatga halol munosabatda bo‘lgan va jazo o‘tashning tartib qoialariga rioya qilib, tuzalish yo‘liga o‘tgan, sudlar tomonidan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlarga to‘liq rioya qilgan, o‘zining hulqini ijobiy tomonga o‘zgartirgan 12 nafar nazoratdagi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.




Sayyor sud majlisida ishni ko‘rgan sudya tomonidan mahkumlarga ularning huquq va majburiyatlari, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlanish oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.

                                         

  Ikrom  Shaymanov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha 

Muzrabot tuman sudining raisi