Янгиликлар
#Adliya_tabrigi
#Adliya_tabrigi
Hurmatli tibbiyot xodimlari!
Avvalo, o'z hayotini shunday sharafli ishga bag'ishlagan Siz, azizlarni kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz.
Mamlakatimizda aholi salomatligini saqlash, oila va jamiyatda tibbiy madaniyatni oshirish, sog'lom avlodni dunyoga keltirish kabi davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalarni bajarishdagi fidokorona mehnatlaringiz yuksak e'tirofga loyiq.
Barchangizni qutlug' kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklab, xayrli tashabbuslaringizda kuch-quvvat, mustahkam sog'liq, oilangizga totuvlik, inson salomatligini saqlashdek ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi