Янгиликлар
Oliy ma'lumotga ega shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi
#Adliya_xabari
Oliy ma'lumotga ega shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi
Kurslarda o'qish uchun barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishi mumkin.
Hujjatlar 2023 yil 3-31-oktabr kunlari qabul.centertsul.uz sayti orqali faqat elektron ravishda qabul qilinadi.
Buning uchun talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
➖fuqarolik pasporti;
➖oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom va uning ilovasi;
➖3.5x4.5 o'lchamdagi rangli fotosurat.
Qabul kvotasi 100 nafarni (o'zbek tilida) tashkil etadi.
To'lov-kontrakt miqdori – 14 500 000 so'm.
Eslatib o'tamiz, kursni tugatib, diplom olgan shaxslar davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmati va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ishlash huquqiga ega bo'ladi.
Murojaat uchun telefonlar: (71) 236-28-55 (1018); (71) 233-66-36 (1018); (90) 930-70-74; (99) 937-04-33; (95) 988-01-50; (98) 125-73-92.