Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-trening oʻtkazildi.


Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-trening oʻtkazildi.

Prezidentimizning “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4965-son qarorining 4-bandida Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari va adliya organlari tomonidan yiliga kamida bir marotaba respublikaning har bir ma’muriy birliklarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etayotgan shaxslar uchun o‘z brendiga ega bo‘lishning afzalliklari bo‘yicha O‘zbekiston va xalqaro miqyosda tan olingan milliy brendlar egalari bo‘lgan tadbirkorlar hamda hunarmandlar ishtirokida anjuman va master-klasslar o‘tkazilishi belgilangan.


Shunga ko‘ra, viloyat doirasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun intellektual mulk obyektlarini yaratish hamda ularni davlat tomonidan muhofaza va himoya qilish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartiblar yuzasidan seminar tashkil etildi.