Янгиликлар
“KONSTITUTSIYA BILIMDONI” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
“KONSTITUTSIYA BILIMDONI” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan “KONSTITUTSIYA BILIMDONI” ko‘rik-tanlovining tuman (shahar) bosqichida g‘olib bo‘lgan nomzodlar ishtirokida viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin Denov tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumi o‘quvchisi Hamrayeva Sabrina Shamsiddin qiziga;
2-o‘rin Qiziriq tumani pedagogika kolleji o‘quvchisi G‘afforov Og‘abek Olim o‘g‘liga;
3-o‘rin viloyat yuridik texnikumi o‘quvchisi Sanginova Gulnoza Saidumar qiziga nasib qildi.
Tanlovning g‘olib va ishtirokchilari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.