Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik bor


Davlat xizmatlari ko'rsatish sohasidagi qonunchilikning arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlikda, davlat xizmatlari ko'rsatish chog'ida murojaatlarni ko'rib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlikda, arz qiluvchidan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlikda, davlat xizmatlari ko'rsatish sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talabini (topshirig'ini) bajarmaganlikda ifodalangan tarzda buzilishi:

mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 20 ming so'mdan 1 mln 700 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. (https://lex.uz/docs/-97664#-5452889)

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilsa:

mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha  (1 mln 700 ming so'mdan 3 mln 400 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.