Янгиликлар
25
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi
“Oila va xotin-qizlar qo'mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–208-son, 21.12.2023-y.) qabul qilindi
Farmonga ko'ra, Oila va xotin-qizlar qo'mitasining bo'ysunuvi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o'tkazildi.
Qo'mita faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o'rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi lavozimi joriy etildi.
Shuningdek, Qo'mita raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan:
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o'rinbosari – Qoraqalpog'iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi lavozimi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o'rinbosarlari – viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimi;
tuman (shahar) hokimlarining o'rinbosarlari – tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo'limlari boshliqlari lavozimi kiritildi.
Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.