Янгиликлар
“Targ‘ibot poyezdi” loyihasi Termiz davlat universitetida
Xabar berganimizdek, aholining, ayniqsa yoshlarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini rivojlantirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan.
Bugun Toshkent davlat yuridik universiteti tajribali professor-o‘qituvchi va iqtidorli talabalaridan tashkil topgan targ‘ibot guruhi a’zolari Termiz davlat universitetida bo‘lishib, talaba yoshlarga Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berishdi.
Shuningdek, tadbirda faol ishtirok etib, berilgan savollarga javob bergan talaba yoshlarga esdalik sovg‘alar hamda Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati aks ettirilgan flayerlar va Konstitutsiya kitoblari tarqatildi.