Янгиликлар
“Targ‘ibot poyezdi” loyihasi ishtirokchilari maktab bitiruvchilari bilan uchrashishdi
Konstitutsiyamiz bosh qomus sifatida biz kunora duch keladigan huquqiy munosabatlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlovchi normalari bilan huquq va erkinliklarimizni talab qilish, majburiyatlarimizni vijdonan va vatanparvarlik ruhini xis qilgan holda bajarishimizda alohida o‘rin tutadi.
Loyiha doirasida tashkil qilingan qilingan tadbirlarning navbatdagisi Termiz shahrida joylashgan 26-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etildi.
Savol-javoblarga boy va mazmunli tarzda tashkil qilingan tadbirda maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘z savollariga Toshkent davlat yuridik universiteti tajribali professor-o‘qituvchi va iqtidorli talabalaridan tashkil topgan targ‘ibot guruhi a’zolaridan javoblar olishdi.
Shuningdek, tadbirda Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berilib, esdalik sovg‘alar, flayer va Konstitutsiya kitoblari tarqatildi.