Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

“Targ‘ibot poyezdi”ning navbatdagi manzili Termiz davlat pedagogika instituti bo‘ldi


Kundan kun rivoj topayotgan huquq tizimimiz doimiy faollikni, yuksak huquqiy savodxonlikni talab qilmoqda. Zero imkoniyatlar, imtiyozlar barcha-barchasi qonun hujjatlarimiz bilan belgilanadi.

Qaysi soha vakili bo‘lishimizdan qat’iy nazar zamon talablariga mos ravishda harakat qilishimiz, albatta, bu o‘rinda huquq va majburiyatlarimizni to‘g‘ri anglagan holda ularga amal qilishimiz manfaatli natijalarga olib keladi.

Shunga ko‘ra, loyiha a’zolari bugun Termiz davlat pedagogika instituti talabalari bilan uchrashib, Konstitutsiyamiz mohiyati va ahamiyatini amaliy misollar bilan tushuntirib o‘tishdi.