Янгиликлар
Savobli ishdan chetda qolmang
Joriy yilning o‘tgan 9 oyi yakuni bo‘yicha Surxondaryo viloyatida 600 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Bu raqamning o‘ziyoq aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib borayotganligini ko‘rsatadi. Fuqarolarni davlat xizmatlarini olish jarayonida kutish vaqtini behuda o‘tkazmaslik maqsadida Davlat xizmatlari markazlarida kichik kutubxonalar tashkil etilgan. Undan barcha tashrif buyuruvchilar erkin foydalanishi mumkin.
DXMlarda tashkil qilingan kitob javonlarini qiziqarli va foydali kitoblar bilan to‘ldirish maqsadida aksiya o‘tkazilishi e’lon qilinadi.
Siz o‘zingiz yoqtirgan va sevib o‘qigan asaringizdan boshqalar ham bahramand bo‘lishini istasangiz bu aksiyada ishtirok eting va kitob sovg‘a qiling.
Topshirilgan kitoblar hududlardagi DXM xodimlari tomonidan qabul qilinib, saqlashi ta’minlanadi.
Kitob-ma’naviyat sarchashmasi, u bilan do‘stlashish nafaqat bizni ma’nan yuksaltiradi, balki ezgulikka yetaklaydi.