Янгиликлар
#Bilasizmi
Qonunchilikka ko'ra, kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi berilishi joriy etilgan (https://lex.uz/docs/-5572509).
Bolalar nafaqasining har oylik miqdori quyidagicha etib belgilangan:
➖3 yoshdan 18 yoshgacha 1 nafar farzand uchun – 250 ming so'm;
➖3 yoshgacha bo'lgan bitta kichik farzand uchun – 325 ming so'm;
➖oilaning ikkinchi farzandi uchun qo'shimcha – 150 ming so'm;
➖oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun – 100 ming so'mdan.
Shuningdek, yolg'iz fuqarolarga, farzandi bo'lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo'lgan kam ta'minlangan oilalarga oylik 380 ming so'm moddiy yordam tayinlanadi.
Ma'lumot uchun: bolalar nafaqasi 18 yoshgacha bolalar uchun 12 oygacha to'lanadi.